Stranja turnirida terma jamoamiz umumjamoa hisobida nechanchi bo‘ldi?

Stranja turnirida terma jamoamiz umumjamoa hisobida nechanchi bo‘ldi?
Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Stranja turnirida o‘z nihoyasiga yetdi. \"Kichik jahon chempionati\" maqomida bo‘lib o‘tgan turnirda hamyurtlarimiz 6 oltin va 1 bronzani qo‘lga kiritgan edi. Mazkur natija bilan terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni 5 ta oltin bilan Rossiya, uchinchi o‘rinni 4 oltin bilan Qozog‘iston vakillari egalladi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov

Bronza:
-52 kg: Tursunoy Rahimova
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.