OCHL. "Nasaf" joy olgan guruhdagi ikkinchi o‘yin ham yakunlandi

OCHL. "Nasaf" joy olgan guruhdagi ikkinchi o‘yin ham yakunlandi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan \"Al-Sadd\" - \"Al-Faysali\" bahsi yakuniga yetdi. Unda qatarliklar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 45+2-daqiqada Pedro Migel hisobiga qayd etildi. Saudiyaliklar bu bahsda gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.

Shu tariqa, Grasiya shogirdlari 6 turda 7 ochko bilan 3-pog‘onanadan joy oldi. \"Al-Faysali\" hisobidagi 9 ochko o‘zgarishsiz qoldi va klub \"Nasaf\" bilan o‘zaro o‘yindagi ustunlik sabab 1-o‘rinni band etdi. \"Nasaf\" xuddi shuncha ochko bilan 2-o‘rin sohibi sifatida pley-offga yo‘llanma oldi.
OCHL. "Nasaf" joy olgan guruhdagi ikkinchi o‘yin ham yakunlandi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.