Xitoyda iPhone 7 Plus'ning qiyofadoshi sotuvga chiqmoqda

Xitoyda iPhone 7 Plus'ning qiyofadoshi sotuvga chiqmoqda
Coolpad kompaniyasi so‘nggi oylarda yangidan-yangi smartfon modellarini e’lon qilish bilan band. Yaqinda taqdim qilingan Cool M7 smartfoni xitoyliklarning iPhone 7 Plus flagmaniga nisbatan yuqori qiziqishining namunasidir. Boisi, smartfondagi bir sensorli bosh kamerani hisobga olmaganda, bu ikkala smartfonlar go‘yo egizaklarga o‘xshaydi, deb yozadi «Terabayt» nashri.
Xitoyda iPhone 7 Plus'ning qiyofadoshi sotuvga chiqmoqda
Cool M7 metall korpusli bo‘lib, uning qalinligi 6,9 mm. Smartfon 5,5 dyuymli FullHD displeyga ega. Ekran usti 2.5D shaklidagi shisha bilan qoplangan. Devaysda Snapdragon 625 chipseti, 4 Gb tezkor hamda 64 Gb doimiy ichki xotiradan foydalanilgan.
Xitoyda iPhone 7 Plus'ning qiyofadoshi sotuvga chiqmoqda
Cool M7\'ning old kamerasi 13 megapikselli va keng burchakli. Uning yorug‘lik o‘tkazuvchi optik linzasi bir oz kichik -- f/2.2. Bosh kamera uchun Sony IMX362 sensori tanlangan. U 12 Mp hamda optik linza hajmi -- f/1.8.

Cool M7 korpusida USB Type-C porti, tezkor quvvat oluvchi 3200 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator, biometrik datchik o‘rnatilgan. Smartfon Wi-Fi, GPS tarmoqlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi va Android 7.0 Nougat platformasida ishlaydi.

Cool M7 gadjeti 26 avgustdan $404 dollardan sotuvga chiqariladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.