Dam olish kunlari havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi
Dam olish kunlari havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi

23-24 aprel kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Bu haqda \"Uz24.uz\" xabar berdi.

Gidrometeorologiya markazidan ma’lum qilinishicha, dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha viloyatlarida havo o‘zgarib tursa-da, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati o‘rtacha kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi. Ba’zi joylarda kunduzi harorat 30 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida harorat kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.