Kasbino’ning Sirg‘ali filialida Ramazonning birinchi kunida bepul non tarqatildi

Kasbino’ning Sirg‘ali filialida Ramazonning birinchi kunida bepul non tarqatildi
Kasbino’ning Sirg‘ali filialida Ramazonning birinchi kunida bepul non tarqatildi

Ramazon oyining birinchi kunida Kasbino tarmog‘ining Sirg‘ali filialida xaridorlarga barcha turdagi nonlar bepul berildi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida berilgan ma’lumotga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.

Aksiyaga tarmoqning ismi keltirilmagan mijozi homiylik qildi.

«Bu xayrli tadbir homiysi ismini bizga bildirmagan xaridorimiz, faqat ‘ota-onamga savobi borsin, mening maqsadim shu…’ degan munis bir ayol», — deyiladi xabarnomada.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.