O‘zbekistonda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab ochiladi

O‘zbekistonda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab ochiladi
O‘zbekistonda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro internat maktab tashkil etiladi, deb Nova24.uz xabar berdi.

Ushbu ta’lim muassasasida o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi. Bitiruvchilarga davlat attestati bilan birga xalqaro ta’lim dasturi — International Baccalaureate (IB) diplomi ham beriladi. Bu diplom xorijiy nufuzli oliygohlarga kirish imkonini yaratadi.

Maktabda o‘quvchilar bilan individual ishlash tizimi joriy etiladi. Konsultantga 15 nafar, o‘qituvchiga esa 8 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladigan me’yoriy cheklovlar belgilanadi.

Unga ko‘ra:

• Darslar variativ o‘quv rejalar asosida olib boriladi. Ingliz tilidan tashqari, kamida yana bir chet tili o‘rgatiladi.
• Davlat byudjeti hisobidan umumiy qabul kvotasi 180 nafar o‘quvchini tashkil etadi.
• O‘quvchilarga ilmiy-tadqiqot, innovatsion startap va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha shaxsiy portfolioni shakllantirishda yordam beriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.