O'zbekistonda hafta davomida yomg'ir va harorat pasayishi kutilmoqda

O\'zbekistonda joriy ish hafta davomida yog\'ingarchilik va havo haroratining pasayishi kutilmoqda. O\'zgidromet ma\'lumotlariga ko\'ra, respublikaning aksariyat hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg\'ir yog\'adi, shimoliy hududlarda esa 3-4-mart kunlari yomg\'ir qor bilan almashishi mumkin. Havo harorati kechasi +3...+8 daraja iliq, shimolda esa -3...+2 daraja atrofida bo\'ladi. Kunduzgi harorat hafta o\'rtasiga kelib +7...+10 darajagacha pasayishi prognoz qilinmoqda.
2-6-mart kunlari tog\' oldi va tog\'li hududlarda kuchli yog\'ingarchilik kuzatilishi sababli sel-suv toshqinlari hamda ko\'chki xavfi mavjud. Poytaxt Toshkentda ham vaqti-vaqti bilan yomg\'ir yog\'adi. Hafta boshida kunduzi +11...+13 daraja bo\'lgan harorat, keyinchalik +8...+10 darajagacha pasayadi. Shamol tezligi soniyasiga 7-12 metrni tashkil etadi.













