Toshkent va viloyatni bog‘lovchi yangi avtobus yo‘nalishi ochildi

Toshkent va viloyatni bog‘lovchi yangi avtobus yo‘nalishi ochildi

Ochiq tender natijalariga ko‘ra imzolangan brutto shartnoma asosida 3 martdan 10 sonli \"Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasi – Yunusobod 12-dahasi\" avtobus yo‘nalishi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yangi qatnovni ta’minlash uchun katta sig‘imga ega 10 ta \"Mercedes-Benz\" avtobusi jalb etildi.

Yo‘nalish Xo‘jaqo‘rg‘ondan boshlanib, Yenbekshi, Buvra ota, Y. Ohunboboyev, Charog‘on, Oliygoh, THAYO, Chinobod, Yangi shahar hamda A. Donish ko‘chalari orqali harakatlanadi. Qatnovning so‘nggi bekati — \"Yunusobod 12-dahasi\".

Avtobuslar har kuni soat 05:30 dan 21:55 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Mazkur yo‘nalish Toshkent shahri va viloyati o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada yengillashtirishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.