O'zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

O'zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

O'zbekiston hududiga navbatdagi sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Sinoptiklar bergan ma'lumotlarga ko'ra, 9 martdan 12 mart kunlariga qadar mamlakatimizda ob-havo sharoiti keskin o'zgaradi. Bahor faslining ilk kunlarida kuzatilgan iliq ob-havo o'rnini qishki sovuqlar egallaydi.

Prognozlarga ko'ra, 9 martdan 11 martga qadar respublikaning ayrim hududlarida yomg'ir yog'ib, keyinchalik u qorga aylanishi mumkin. Ba'zi joylarda yog'ingarchiliklar kuchli bo'lishi ehtimoli bor. Shu bois, haydovchilar va piyodalardan yo'llarda ehtiyotkor bo'lish so'raladi.

Haroratning pasayishi ayniqsa 10 martdan 12 mart kunlariga to'g'ri keladi. Bu davrda havo harorati sezilarli darajada sovib, kechalari 10 darajagacha sovuq, kunduz kunlari esa 3 darajagacha sovuq bo'lishi kutilmoqda. Mutaxassislar aholini ushbu davrda issiqroq kiyinishga va salomatlikni asrashga chaqirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.