Toshkentda suv to'plangan chorraha tozalandi

Toshkentda suv to'plangan chorraha tozalandi

Joriy yil 9 martdan 10 martga o'tar kechasi Toshkent shahrining Uchtepa tumanida noqulay ob-havo sharoiti kuzatildi. Kuchli yog'ingarchilik oqibatida Guliston ko'chasi hamda Toshkent xalqa aylanma yo'li kesishmasida katta miqdorda suv to'planib qoldi. Bu holat avtotransport vositalarining erkin harakatlanishiga vaqtinchalik qiyinchiliklar tug'dirdi.

Vaziyat yuzaga kelgach, zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va tegishli hamkor tashkilotlar vakillari voqea joyiga yetib kelishdi. Maxsus texnikalar yordamida yo'l qatnov qismidagi suvlar tortib olindi va hudud tozalandi. Hozirgi vaqtda mazkur chorrahada harakat xavfsizligi to'liq ta'minlangan bo'lib, transport vositalari hech qanday to'siqlarsiz harakatlanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.