22 may kuni O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli yomg‘ir kutilmoqda

22 may kuni O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli yomg‘ir kutilmoqda

“O‘zgidromet” 22 may, juma kuni uchun navbatdagi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Sinoptiklarga ko‘ra, respublikaning bir qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda esa kuchli yog‘ingarchilik, momaqaldiroq va shamol kuchayishi kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Shamol g‘arbdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim vaqtlarda 10–12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 17–19 daraja, kunduzi esa 24–26 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida asosan quruq ob-havo saqlanadi. Biroq shamol tezligi ba’zi hududlarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo 27–32 darajagacha isiydi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda kuchli yog‘ingarchilik va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda kuchli bo‘lishi aytilmoqda. Shuningdek, momaqaldiroq va shamolning kuchayishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi 22–27 daraja atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Farg‘ona vodiysi — Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilingan.

Respublikaning togoldi va tog‘li hududlarida esa vaziyat nisbatan xavotirliroq. Bu yerlarda kuchli yomg‘ir, shamol tezligi oshishi hamda sel-suv toshqini xavfi saqlanib qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.