21:32 / 08.08.2017
11 918

Bollivud aktyori Amirxon va uning rafiqasi cho‘chqa grippiga chalindi

Bollivud aktyori Amirxon va uning rafiqasi cho‘chqa grippiga chalindi
Hindiston g‘arbidagi Maxarashtra shtatida cho‘chqa grippi bilan kasallanganlarning soni tezkorlik bilan ko‘payishi kuzatilmoqda. Yil boshidan iyun oyi o‘rtalariga qadar 2324 kishida ushbu gripp aniqlangan bo‘lsa, ularning 284 nafari vafot etgan, deb xabar berdi Daryo.uz.

NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, Maxarashtra shtatida gripp tufayli halok bo‘lganlar butun Hindiston bo‘ylab ushbu kasallikdan vafot etganlarning (600 ga yaqin) deyarli 50 foizini tashkil qilmoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorlar asosan Mumbay shahridan xavotirda, o‘tgan yili H1N1 virusi bilan zararlangan uch nafar inson qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 835 tani tashkil etmoqda. Ularning 16 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Kasallikka chalinganlar orasida Bollivud aktyori Amirxon va uning rafiqasi, prodyuser va rejissyor Kiran Rao ham bor. Aktyor o‘z kasalligi haqida o‘tgan haftaning oxirida ma’lum qilgandi. Uning muxlislari hozirda internet orqali uning sog‘lig‘i qay ahvolda ekanligini kuzatishmoqda.

Shifokorlar Mumbay aholisini, ayniqsa, yoshi katta, homilador va surunkali kasalliklar bilan og‘riydigan odamlarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bollivud aktyori Amirxon va uning rafiqasi cho‘chqa grippiga chalindi