Husanov o‘g‘lini uyiga olib keldi: Dovud kutib olindi (video)

Abduqodir Husanov — "Manchester City" klubi va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi — 14 mart kuni ota bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bugun esa u yangi tug‘ilgan o‘g‘lini ilk bor o‘z xonadoniga olib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalarda futbolchining yaqinlari va do‘stlari yangi mehmonni katta quvonch bilan kutib olgani aks etgan. Bayramona muhitda xonandalar Oybek va Nigora tomonidan “Erkatoy” qo‘shig‘i ijro etilgan.
Shuningdek, chaqaloqqa Dovud deb ism qo‘yilgani ham ma’lum bo‘ldi. Quvonchli lahzalarni xonandalar o‘z sahifalari orqali muxlislar bilan bo‘lishdi.
Izohlarda kuzatuvchilar Abduqodir Husanovni samimiy tabriklab, bolajonga sog‘lik-salomatlik va baxt tilashmoqda. Ayrimlar esa “kichkina Husanov”, “mitti futbolchi” kabi iliq va hazilomuz fikrlarini qoldirishgan.