Turkiya ko‘magida AQSh va Eron o‘rtasida aloqalar borligi ma’lum qilindi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning ma’lum qilishicha, AQSh va Eron o‘rtasidagi muloqotlar faol davom etmoqda. Ushbu jarayon Turkiya tomonidan muvofiqlashtirilmoqda va xabar almashishlar asosan Pokiston orqali amalga oshirilmoqda.
Vazir ta’kidlashicha, muzokaralar allaqachon boshlangani va hozirda muhokamalar davom etmoqda. AQSh tomoni barcha jarayonlarni Turkiya bilan kelishgan holda olib bormoqda.
Shuningdek, Anqara har ikki tomon bilan muntazam aloqada bo‘lib, ularning pozitsiyalari va kutishlarini yaxshiroq tushunishga harakat qilmoqda. Bu Turkiya vositachiligida amalga oshirilayotgan diplomatik jarayonning doimiyligini va ikki tomonning hamkorlikka tayyorligini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing