date

Markaziy bank dollarning kursini pasaytirdi

Markaziy bank dollarning kursini pasaytirdi
Markaziy bank 29-oktabr uchun dollarning rasmiy kursini 12 004,47 so‘m qilib belgiladi. Bu avvalgi kursga nisbatan 48,99 so‘mga pasaygan.

Rubl kursi 2,21 so‘mga kamayib, 150,22 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 33 so‘mga pasayib, 13 993,61 so‘mga teng bo‘ldi.

Soat 16:45 holatiga ko‘ra, tijorat banklari dollarni 11 980 so‘mdan, yevroni 13 800 so‘mdan, rublni esa 141 so‘mdan sotib olmoqda. Fuqarolar esa dollarning birini 12 055 so‘mga, yevroni 14 080 so‘mga, rublni esa 153 so‘mga sotib olishlari mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank dollarning kursini pasaytirdi