date

Prezident “Yunusobod galereyasi” savdo markazi bilan tanishdi

Prezident “Yunusobod galereyasi” savdo markazi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Yunusobod galereyasi” savdo, xizmat ko‘rsatish va biznes markaziga tashrif buyurdi.

Ikki yarim gektar maydonda barpo etilgan mazkur majmua zamonaviy savdo va tijorat infratuzilmasini o‘zida jamlagan. Markazda umumiy hisobda 53 ming kvadrat metrdan ortiq savdo va tijorat maydonlari tashkil etilgan. Loyihaga 14 million dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilinib, bir qator mashhur xorijiy brendlar o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Bugungi kunda majmuada 100 dan ortiq savdo nuqtalari ish boshlagan bo‘lib, bu yerda 500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, savdo markaziga yiliga 2,5 million nafargacha tashrif buyuruvchi kelishi kutilmoqda.

Loyiha umumiy qiymati 43 million dollarni tashkil etadi. Majmuaning arxitektura va dizayn yechimi joriy yilda MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro me’morchilik tanlovida birinchi o‘rinni egallagani bilan ham e’tiborga loyiq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident “Yunusobod galereyasi” savdo markazi bilan tanishdi