
Xonanda Nilufar Usmonova onasi, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga uy sovg‘a qilganini o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. U joylagan videopostda quyidagi so‘zlarni qoldirgan:
“Bugun onajonimga uy sovg‘a qildim. Bilaman, u uchun eng katta boylik — oilasining totuvligi, bizning va nabiralarining sog‘ligidan boshqa hech narsa emas. Ammo rostini aytsam, men ham orzu va havas bilan yashaydigan farzandman. Shu kichik orzum ro‘yobga chiqqani uchun biroz maqtangim ham keldi. Albatta, bu — onam menga qilgan yaxshiliklarning mingdan biriga ham teng kelmaydi. Ammo farzand sifatida hech bo‘lmasa bir yaxshilikni qilishga muyassar bo‘lganimdan xursandman va bu quvonchni mamnuniyat bilan bo‘lishmoqdaman.”
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.