date

Yulduz Usmonova va Xamdam Sobirovdan retro kayfiyatdagi duet taqdim etildi

Yulduz Usmonova va Xamdam Sobirovdan retro kayfiyatdagi duet taqdim etildi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va mashhur xonanda Xamdam Sobirov ijodiy hamkorlikda yangi qo‘shiq taqdim etdi. “Daryo-daryo” nomli ushbu duet bugun rasmiy premyera qilindi va ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Qo‘shiqning matni va musiqasi Xamdam Sobirov tomonidan yozilgan bo‘lib, u oxirgi yillarda trend qo‘shiqlari bilan tanilgan ijodkorlardan biri sanaladi. Kompozitsiyaning aranjirovkasini esa Temur Rahmonov bajargan.

Tarona uchun klip ham suratga olingan. Videoda retro uslubga urg‘u berilgan bo‘lib, o‘tgan yillar atmosferasi, yorqin ranglar va klassik dekorlar orqali alohida kayfiyat aks ettirilgan.

Yulduz Usmonova va Xamdam Sobirovning ushbu dueti ko‘plar tomonidan kutilmagan hamkorlik sifatida baholanmoqda va allaqachon muxlislar orasida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova va Xamdam Sobirovdan retro kayfiyatdagi duet taqdim etildi