
O‘zgidromet 11-dekabr uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Prognozga ko‘ra, ayrim mintaqalarda yog‘ingarchilik, jumladan yomg‘ir va qor kuzatilishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrida osmon o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va tongda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 m/s, harorat kechasi 0–2 daraja iliq, kunduzi 12–14 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimol qilinmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s, ayrim manzillarda 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq (ayrim joylarda 3 daraja sovuq), kunduzi 5–10 daraja iliq.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham o‘zgaruvchan ob-havo saqlanadi, ayrim joylarda yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Shamol 7–12 m/s, ba’zida 20–22 m/s gacha. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 16–21 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada ham shunday ob-havo kuzatiladi: tuman tushishi mumkin, shamol 5–10 m/s. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq.
Tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol 7–12 m/s, harorat kechasi va kunduzi 2–7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.