
Osiyo Olimpiya Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Bahrayndagi yig‘ilishda Toshkentni 2029 yilda o‘tkaziladigan IV Osiyo o‘smirlar o‘yinlari mezbon shahri sifatida tasdiqladi. Rasmiy qaror bugun III Osiyo o‘smirlar o‘yinlarining yopilish marosimida e'lon qilindi.
Tadbir davomida kengash vakillari o‘zbek poytaxtining yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazishga tayyorligi va rivojlangan sport infratuzilmasini alohida ta'kidlashdi. Bu voqea O‘zbekiston uchun o‘smirlar o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha birinchi tajriba bo‘ladi.
Kutilishicha, musobaqalarda Osiyoning o‘nlab mamlakatlaridan kelgan yuzlab yosh sportchilar ishtirok etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing