Keyn va Olise Bavariya tarkibida maydonga tushadi

Germaniya Bundesligasining 21-turi doirasida “Bavariya” o‘z maydonida “Hoffenhaym”ni qabul qiladi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilarni ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonga tushadiganlar: Noyer, Stanisich, Upamekano, Ta, Devis, Kimmix, Pavlovich, Dias, Gnabri, Olise, Keyn.
“Bavariya” – “Hoffenhaym” bahsi 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Myunxendagi o‘yin jarayonini matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
“Bavariya” hozirda Germaniya chempionatida peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi Dortmundning “Borussiya”si esa bir o‘yin ko‘proq o‘tkazgan holda uch ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing