date

Kelin guli kimga nasib etdi? To‘yda kutilmagan lahza (video)

Kelin guli kimga nasib etdi? To‘yda kutilmagan lahza (video)

Emre Kiviljim va Yulduz Rajabovaning kecha bo‘lib o‘tgan dabdabali to‘y marosimi ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘lmoqda.

Tarqalgan video va suratlarda kelin-kuyovning baxtiyor onlar, marosimning fayzli va tantanali ruhda o‘tgani, mehmonlarning ko‘tarinki kayfiyati yaqqol aks etgan. Ayniqsa, yosh juftlikning samimiyligi va bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati muxlislar e’tiborini tortmoqda.

Kechada ko‘plab taniqli san’atkor va aktyorlar ishtirok etib, to‘yga alohida shukuh bag‘ishladi. Ammo eng qiziqarli va kutilgan lahzalardan biri — an’anaviy kelin gul uloqtirish marosimi bo‘ldi.

Odatga ko‘ra, kelin orqasiga qaramasdan guldastani dugonalari tomon uloqtiradi va uni ilib olgan qiz navbatdagi kelin bo‘lishi haqida ramziy ishora sifatida talqin qilinadi. Ushbu to‘yda ham Yulduz Rajabova guldastasini uloqtirdi va uni Anjelika Yesimbetova ilib oldi.

Bu lahza mehmonlar orasida katta quvonch va qizg‘in olqishlarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik hazilomuz tarzda endi navbatdagi to‘y aynan Anjelikaga tegishli ekanini ta’kidlab, unga ham baxt tiladi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa ushbu to‘yni yilning eng chiroyli, fayzli va unutilmas marosimlaridan biri sifatida baholab, yosh juftlikka ezgu tilaklar bildirishda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Kelin guli kimga nasib etdi? To‘yda kutilmagan lahza (video)