date

Qurilish maydonidagi “jonli konsert”: ishchilar yaratgan noodatiy shou internetni zabt etdi

Qurilish maydonidagi “jonli konsert”: ishchilar yaratgan noodatiy shou internetni zabt etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi qurilish bo'layotgan hovlilarning birida tasvirga olingan noodatiy video keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Unda qurilish ishchilari oddiy mehnat jarayonini kutilmagan ijodiy sahnaga aylantirib, improvizatsion “konsert” tashkil etishgan.

Ishchilar payvandlash apparati, “bolgarka”, armatura va boshqa qurilish jihozlaridan noodatiy usulda foydalangan holda o‘ziga xos ritm va tovushlar yaratishgan. Asboblardan sachrayotgan uchqunlar esa sahnadagi yorug‘lik effektlari kabi tasvirga yanada jonlilik bag‘ishlagan.

Tomoshabinlar uchun bu oddiy ish jarayoni emas, balki ijod va mehnat uyg‘unlashgan haqiqiy shouga aylangan. Videoni ko‘rgan foydalanuvchilar izohlarda quruvchilarning ushbu chiqishini “sahnasiz, kolonkasiz, lekin eng zo‘r konsert” deya ta’riflashmoqda.

Mazkur video internetda tez tarqalib, minglab yoqtirishlar va turli reaksiyalar yig‘ishga ulgurdi. Ko‘plab foydalanuvchilar ishchilarning ijodkorligi va kayfiyatini yuqori baholab, bunday noodatiy lahzalar kundalik hayotga rang-baranglik qo‘shishini ta’kidlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qurilish maydonidagi “jonli konsert”: ishchilar yaratgan noodatiy shou internetni zabt etdi