Arbeloa Benfika bilan o'yin qiyin kechishini tan oldi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis Lissabondagi uchrashuvda yuqori darajadagi o'yin ko'rsatish zarurligini ta'kidladi. Uning aytishicha, jamoa vazifa qanchalik og'ir ekanini yaxshi biladi va g'alaba uchun seshanba kuni bor kuchini ishga solishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakuniy turida «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida mag'lub bo'lgandi. O'sha natija portugaliyaliklarga pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishga yordam bergan.
Chempionlar ligasi pley-off yo'llanmasi uchun styk raundining ilk o'yini «Benfika» — «Real» 17 fevral kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!