date

Osimhen Galatasaraydagi hayotidan mamnun, biroq grandlar kuzatmoqda

Osimhen Galatasaraydagi hayotidan mamnun, biroq grandlar kuzatmoqda

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi faoliyatidan to‘liq qoniqmoqda. Nigeriyalik futbolchi jamoa muhitini yoqtiradi va klubni o‘zgartirish zaruratini sezmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, The Touchline xabariga ko‘ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhen bo‘yicha qiziqish bildirishi mumkin. Hozircha tomonlar o‘rtasida aniq aloqa yoki muzokaralar boshlanganicha yo‘q.

Manbada ta’kidlanishicha, ehtimoliy transferning taqdiri ko‘p jihatdan Osimhenning o‘zi qabul qiladigan qarorga bog‘liq bo‘ladi.

Osimhen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen Galatasaraydagi hayotidan mamnun, biroq grandlar kuzatmoqda