Yulduz Rajabova to'yida Adiz Rajabovni ko’rib ko’z yoshlarini to'xtata olmadi

Aktrisa Yulduz Rajabovaning to‘yidan tarqalgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ayniqsa, aktyor Adiz Rajabov bilan bog‘liq hayajonli lahzalar muxlislar e’tiborini tortdi.
Tarqalgan videolarda Adiz Rajabov to‘y marosimiga gullar bilan kirib kelib, Yulduz Rajabovani samimiy tabriklagani aks etgan. Shu paytda aktrisa his-tuyg‘ularini yashira olmay, ko‘z yosh to‘kkan.
Adiz Rajabov o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ham Yulduz Rajabovaga iliq tilaklar bildirib post qoldirdi. “MashaAllah! Yulduz singiljonim! Baxtli bo‘lgin! Emre bilan bir-biringizni tushunib chiroyli va mustahkam oila quring! Baxtingizni asrang!” — deb yozgan aktyor.

U, shuningdek, muxlislarni ham yoshlar haqqiga duo qilishga chaqirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa foydalanuvchilar Yulduz Rajabova va Emre Kiviljim juftligiga baxt va uzoq umr tilamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!