date

“Donald Tramp” laqabli buyvol Qurbon hayitiga sotildi

“Donald Tramp” laqabli buyvol Qurbon hayitiga sotildi

Bangladeshda yashovchi noodatiy albinos buyvol internetda “Donald Tramp” laqabi bilan mashhur bo‘lib ketdi. Bunga uning oltinsimon juni va AQSH prezidenti Donald Trampning soch turmagiga o‘xshash qiyofasi sabab bo‘lgan.

700 kilogrammli buyvol videosi ijtimoiy tarmoqlarda viral bo‘lgach, uni ko‘pchilik haqiqatan ham Trampga o‘xshatgan.

Ferma egasining aytishicha, buyvol juda katta bo‘lishiga qaramay tinch xarakterga ega. U maxsus ratsion — makkajo‘xori, soya va kepak bilan boqilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “Donald Tramp” laqabli buyvol Qurbon hayiti uchun allaqachon sotib yuborilgan. Hozircha u fermada qolib, mehmonlarni qabul qilishda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » “Donald Tramp” laqabli buyvol Qurbon hayitiga sotildi