Osimhen Galatasarayda o'zini erkin his qilmoqda

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha Galatasaraydagi hayotidan mamnun va klubini o'zgartirish zarurati borligini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoaning muhiti ham, o'yin uslubi ham yoqayotgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline manbasiga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhenga qiziqish bildirishni ko'zlamoqda. Hozircha esa aniq takliflar, rasmiy aloqa yoki muzokaralar haqida gap yo'q.
Qayd etilishicha, ehtimoliy transfer bo'yicha hal qiluvchi omil futbolchining o'zi qanday qaror qabul qilishiga bog'liq bo'ladi.
Osimhen Galatasaray safida 64 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchining bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!