date

Saida Mirziyoyeva futbolchilarga omad tiladi

Shavkat Mirziyoyev dastxat qo‘yilgan to‘pni ushlagan yosh futbolchi bilan o‘tiribdi.

Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham farzandi bilan mazkur tadbirda qatnashganini ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva o‘g‘lining qo‘lida futbolchilar dastxati tushirilgan to‘p borligini aytib, uni endi bebaho xazinadek asrashini ta’kidladi. Shu bilan birga, u milliy terma jamoa a’zolariga iliq tilaklarini bildirdi.

“Yigitlar, siz allaqachon ulkan marrani zabt etdingiz — xalqimiz qalbida orzu va ishonch uyg‘otdingiz. Endi esa o‘zbek futboli nimalarga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ying.

Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynag. Bugun ko‘cha changitib to‘p tepayotgan, bir kun kelib milliy terma jamoa libosini kiyishni orzu qilayotgan har bir bolakay uchun o‘ynang.

Biz sizga ishonamiz. Butun mamlakat sizga ishonadi. Prezidentimiz sizga ishonadi”

— deb yozdi Saida Mirziyoyeva futbolchilarga omad tilab.

Prezident Shavkat Mirziyoyev stadionda qo‘lini ko‘tarib xalqqa salom bermoqda.Shavkat Mirziyoyev gavjum stadionda qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib turibdi.Tribunada yig‘ilgan ko‘plab tomoshabinlar O‘zbekiston bayroqlarini hilpiratmoqdalar.Stadionda O‘zbekiston bayrog‘i ostida yig‘ilgan ko‘p sonli muxlislar va tutun effektlari.O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari va rahbariyatining stadio‘ndagi jamoaviy surati.O‘zbekistonlik futbol fanatlari stadionda katta banner va bayroqlar bilan jamoani qo‘llamoqda.Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol to‘pini ushlab turgan bolani bag‘riga bosmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saida Mirziyoyeva futbolchilarga omad tiladi