date

Tramp Eronga qarshi hujumlarni hajdan keyin davom ettirishi mumkin

Tramp Eronga qarshi hujumlarni hajdan keyin davom ettirishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlarni haj mavsumidan so‘ng qayta boshlashi mumkinligi aytilmoqda. Middle East Eye nashri manbalariga ko‘ra, Vashingtonning Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilari uni haj ziyorati vaqtida urushni davom ettirmaslikka chaqirgan.

Tramp 18 may kuni BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar undan hujumlarni to‘xtatishni so‘raganini ma’lum qilgan. Shu sabab 19 mayga rejalashtirilgan Eronga qarshi zarba qoldirilgani aytilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, AQSh tomoniga Qurbon hayiti arafasida amalga oshiriladigan hujum musulmon dunyosida Vashington obro‘siga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi tushuntirilgan.

Nashrning yozishicha, Tramp o‘z ma’muriyati vakillaridan ham hozirgi paytda AQSh-Isroil urushini qayta boshlash uning siyosiy mavqeiga salbiy ta’sir qilishi haqida ogohlantirish olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Eronga qarshi hujumlarni hajdan keyin davom ettirishi mumkin