date

Parizoda: "Raqqosani er olmaydi — deyishgan"

Parizoda: "Raqqosani er olmaydi — deyishgan"

Raqqosa Parizoda “Mening oshxonam” dasturida mehmon bo‘lib, ijodiy yo‘li va shaxsiy hayotidagi qiyinchiliklar haqida samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi. U raqqosa bo‘lishga qaror qilgan paytida oila a’zolari tomonidan qarshilik bo‘lganini yashirmadi.

Parizoda so‘zlariga ko‘ra, u raqsga endigina kirib kelgan davrlarda atrofdagilar “raqqosani er olmaydi, yengiltak bo‘ladi” degan stereotip fikrlarni ko‘p aytishgan. Biroq u bu gaplarga qaramay, o‘z yo‘lidan qaytmagan.

“Men o‘sha paytda qat’iy niyat qilganman: raqqosa bo‘laman, turmushga chiqaman, farzandli bo‘laman va jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ibratli oilalardan biri bo‘laman. Hatto ‘meni sahnada raqs tushayotgan paytimda shahzodam olib ketadi’ deb ham aytganman. O‘sha paytda kelajakni bilmaganman, lekin niyatlarim pok va halol bo'lgan. Shu sababli Alloh menga hamma narsani osonlik bilan yetkazdi,” — dedi u.

San’atkorning bu samimiy so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilindi. Ko‘plab kuzatuvchilar “to‘g‘ri niyat va ishonch katta natijaga olib keladi” degan fikrni ta’kidlashdi va Parizodaning hayotiy hikoyasini ilhomlantiruvchi deb baholashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Parizoda: "Raqqosani er olmaydi — deyishgan"