date

O‘zbekistonliklar uchun Tailandga vizasiz kirish tartibi o‘zgarmoqda

O‘zbekistonliklar uchun Tailandga vizasiz kirish tartibi o‘zgarmoqda

Tailand hukumati mamlakatga vizasiz kirish hamda chegarada viza berish — Visa on Arrival tizimi bo‘yicha yangi o‘zgarishlarni tasdiqladi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yilning 15 iyulidan boshlab 93 davlat fuqarolari uchun amal qilib kelgan 60 kunlik vizasiz tartib bekor qilinadi. Ushbu ro‘yxatdan Uzbekistan ham o‘rin olgan bo‘lib, endi o‘zbekistonliklar ham Tailandga avvalgidek vizasiz kira olmaydi.

Qaror mahalliy Royal Gazette nashrida rasman e’lon qilinganidan so‘ng 15 kun o‘tib kuchga kiradi. Rasmiy e’lon esa kelasi haftada berilishi kutilayotgani aytilmoqda.

Yangi qoidalarga muvofiq, Uzbekistan fuqarolari Tailandga safar qilish uchun onlayn tarzda viza rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi. Buning uchun Thai E-Visa platformasi orqali murojaat yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 may kuni Thailand hukumati xorijliklar ishtirokidagi jinoyatlar soni oshib borayotgani sabab 90 dan ortiq davlat fuqarolari uchun amal qilgan vizasiz muddatni qisqartirishini ma’lum qilgan edi. Yangi tartiblarga ko‘ra, avval 60 kun amal qilgan vizasiz rejim o‘rniga endi sayyohlar Tailand hududida vizasiz faqat 30 kungacha bo‘lishi mumkin bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklar uchun Tailandga vizasiz kirish tartibi o‘zgarmoqda