date

10 ming qadam uchun pul beruvchi platforma nega ishlamayapti?

10 ming qadam uchun pul beruvchi platforma nega ishlamayapti?

Ijtimoiy tarmoqlarda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga mablag‘ to‘lashga mo‘ljallangan ecofaolfuqaro.uz platformasi ishlamayotgani haqidagi xabarlar keng muhokama qilinmoqda. Ushbu holat yuzasidan Ekologiya qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda platformada texnik ishlar olib borilmoqda. Mutaxassislar tizim faoliyatini yanada takomillashtirish va mavjud nosozliklarni bartaraf etish ustida ishlayotgani aytilgan.
“Texnik ishlar yakunlanganidan keyin qo‘shimcha axborot beriladi”, — deya ta’kidlangan rasmiy izohda.
Ma’lumot uchun, mazkur platforma “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholini sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan. Shuningdek, 2026 yil davomida 10 ming qadam piyoda yurish tashabbusini qayta tiklash ham prezident qarori bilan belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 10 ming qadam uchun pul beruvchi platforma nega ishlamayapti?