date

Tanzaniyada bolalar ochlik sabab g‘ayrioddiy holatda tasvirga tushdi

Tanzaniyada bolalar ochlik sabab g‘ayrioddiy holatda tasvirga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Tanzaniya hududida olingani aytilayotgan videolar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Unda hali bog‘cha yoshidagi bolakaylar kaptarlarni tutib, ularning patlarini yulgan holda xomligicha iste’mol qilayotgani aks etgan.

Mazkur tasvirlar dastlab xitoylik TikTok foydalanuvchilari tomonidan tarqatilgan bo‘lsa, keyinchalik hindistonlik foydalanuvchilar orasida ham tez tarqaldi. Video qisqa vaqt ichida millionlab ko‘rishlar yig‘ib, turli fikr va munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.

Tasvirlarda qora tanli, jingalak sochli kichik yoshdagi bolalar kaptarlarni qo‘lga olib, ularni bosh, bo‘yin yoki qanot qismidan yeya boshlayotgani ko‘rinadi. Bu holat ko‘pchilikni larzaga solib, insonparvarlik, ocharchilik va ijtimoiy tengsizlik masalalarini yana kun tartibiga olib chiqdi.

Ayrim foydalanuvchilar bu holatni tarixdagi og‘ir davrlar bilan taqqoslamoqda. Masalan, Leningrad qamali yoki Koreya urushi davrida ham odamlar tirik qolish uchun har qanday oziq-ovqat manbalariga murojaat qilishga majbur bo‘lgani esga olinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tanzaniyada bolalar ochlik sabab g‘ayrioddiy holatda tasvirga tushdi