date

O‘zbekistonda oilalarining baxtlilik darajasi aniqlandi

O‘zbekistonda oilalarining baxtlilik darajasi aniqlandi

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda oilalarning umumiy baxtlilik indeksi 0,618 ballni tashkil etdi. Tadqiqot 2026 yil mart–aprel oylarida o‘tkazilgan.

So‘rovda respublika bo‘yicha 12 ming 697 nafar respondent ishtirok etgan. Unda oilalarning iqtisodiy ahvoli, ish bilan ta’minlanganlik darajasi, ta’lim imkoniyatlari, sog‘lom turmush tarzi va davlat xizmatlaridan qoniqish holati o‘rganilgan.

Metodikaga ko‘ra, baxtlilik indeksi –1 dan +1 gacha baholanadi. +0,5 dan yuqori natija “yuqori daraja” sifatida qabul qilinadi. Shu bois 0,618 ball oilalarning hayotdan mamnunlik darajasi yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilda 0,560 ball, 2025 yilda esa 0,611 ball bo‘lgan. So‘nggi yillarda baxtlilik indeksi bosqichma-bosqich o‘sib borayotgani qayd etilmoqda.

Tadqiqotda oilaviy qadriyatlar, demografik barqarorlik va oilaviy hayotdan mamnunlik eng yuqori baholangan yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda oilalarining baxtlilik darajasi aniqlandi