date

Bayram arafasida 9 hududda sel kelishi mumkin

Bayram arafasida 9 hududda sel kelishi mumkin

O‘zgidromet joriy yilning 26 may — 1 iyun kunlari respublika hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan noqulay ob-havo yuzasidan tezkor ogohlantirish bilan chiqdi. Ma’lum qilinishicha, kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

Ogohlantirishga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida sel kelishi mumkin. Shuningdek, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobot tumanlari ham xavfli hududlar qatoriga kiritildi.

Samarqand viloyatida Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida, Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida ham sel-suv toshqini xavfi borligi aytildi.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlarida ham xavf yuqori ekani bildirildi.

Shuningdek, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari, Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari hamda Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Mutaxassislar tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishni, xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilishni so‘ramoqda. Shu bilan birga, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari yig‘ilishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjudligi ta’kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bayram arafasida 9 hududda sel kelishi mumkin