date

Toshkent metrosida oynali himoya to‘siqlari paydo bo‘ladi

Toshkent metrosida oynali himoya to‘siqlari paydo bo‘ladi

Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar xavfsizligini yanada kuchaytirish maqsadida yangi loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, metro bekatlarining platformalariga oynali himoya to‘siqlari o‘rnatiladi.

Dastlab mazkur tizim sinov tariqasida Shahriston metro bekatida joriy etilishi kutilmoqda. Mutaxassislar ushbu to‘siqlar yo‘lovchilarning rels hududiga tushib ketishi kabi xavfli holatlarning oldini olishga yordam berishini ta’kidlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oynali himoya to‘siqlari platformalarda yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlarni 80–90 foizgacha kamaytirishi mumkin. Loyiha samarali bo‘lsa, keyinchalik boshqa bekatlarda ham bosqichma-bosqich o‘rnatilishi ehtimol qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent metrosida oynali himoya to‘siqlari paydo bo‘ladi