Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ro‘y bergan bosqinchilik fosh etildi


To‘rt noma’lum shaxs Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroning uyiga bostirib kirib, uy qorovulini pichoq bilan qo‘rqitib, qo‘l oyoqlarini bog‘lab, DVR video-resiveri va uy eshiklari kalitlarini olib, deraza oynasini sindirib, voqea joyidan yashiringan.
O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi to‘rt nafar shaxslar sodir etganligi aniqlanib, gumonlanuvchilar “issiq izida” qo‘lga olindi.
Qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













