Metan “zapravka”lariga cheklovlar qo‘yiladimi?

Metan “zapravka”lariga cheklovlar qo‘yiladimi?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar kiritilayotgani yoki ular to‘xtatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi, deb yozmoqda uz24 nashri.

Mazkur holat yuzasidan “Hududgazta’minot” kompaniyasi rasmiy bayonot berdi.

“Hududgazta’minot” nima deydi?

Kompaniya matbuot xizmati bu mish-mishlarni rad etdi. Ularning ta’kidlashicha, hech qanday umumiy cheklov yo‘q — faqat ayrim gaz taqsimlash stansiyalarida rejalashtirilgan texnik profilaktika ishlari olib borilmoqda.

“Ta’mirlash paytida gaz bosimi vaqtincha pasaygan, shu sababli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin edi”,

— deyiladi bayonotda.

Joriy holat:

Barcha metan zapravkalari odatdagi tartibda ishlamoqda, gaz tuzilgan shartnomalarga muvofiq yetkazib berilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.