Маошлар 27 майгача тўланади: иш берувчиларга эслатма

Маошлар 27 майгача тўланади: иш берувчиларга эслатма

Mehnat qonunchiligiga muvofiq, ish haqi to‘lanadigan sana dam olish yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelib qolsa, xodimlarning maoshi oldindan to‘lab berilishi shart hisoblanadi.

Shu sababli, yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan ish beruvchilar ish haqlarini 27 mayga qadar to‘lab berishlari kerakligi ta’kidlanmoqda.

Qonunga ko‘ra, bu talab xodimlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, maosh kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Agar ish beruvchi belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmasa, u holda har bir kechikkan kun uchun kompensatsiya to‘lash majburiyati yuzaga keladi. Bu holat Mehnat kodeksining 253 va 333-moddalarida aniq belgilab qo‘yilgan.

Mutaxassislar fikricha, bu tartib xodimlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va bayram oldidan ortiqcha qiyinchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.