“O‘zgidromet” haftalik (1-7 mart) ob-havo to‘g‘risida maʼlumot berdi

Bugun, bahor faslining birinchi kuni O‘zbekiston hududida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi, bu me’yordan 2-4 darajaga yuqoridir.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga respublikada kun davomida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Buning hisobiga havo harorati kunduz kunlari biroz pasayadi va 10-15 daraja iliqni tashkil etadi, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi.
3 martda respublika hududlariga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, aksariyat viloyatlarda biroz yomg‘ir yog‘adi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi va Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kuzatiladi.
4-5 martda O‘zbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning natijasida barcha hududlarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘li hududlarda 4 martdan 5 martga o‘tar kechasi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. 5 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Havo harorati 3-5 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduz kuni 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 5 martda 8-11 daraja iliqqacha pasayadi.
1-5 martda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga respublikada kun davomida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Buning hisobiga havo harorati kunduz kunlari biroz pasayadi va 10-15 daraja iliqni tashkil etadi, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi.
3 martda respublika hududlariga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, aksariyat viloyatlarda biroz yomg‘ir yog‘adi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi va Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kuzatiladi.
4-5 martda O‘zbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning natijasida barcha hududlarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘li hududlarda 4 martdan 5 martga o‘tar kechasi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. 5 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Havo harorati 3-5 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduz kuni 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 5 martda 8-11 daraja iliqqacha pasayadi.
1-5 martda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













