“Shafqatsiz” o‘zbekcha tyuning: BMW E28dan yuk mashinasi yasaldi (foto)

  • 25 noyabr 2019, 18:18
  • 4 795
  • Avto
  • “Shafqatsiz” o‘zbekcha tyuning: BMW E28dan yuk mashinasi yasaldi (foto)
    Rossiyaning car.ru sayti Qashqadaryoda BMW E28 modelidan pikap yasalganiga e’tibor qaratdi.

    "Hamdo‘stlik mamlakatlarida ko‘pgina entuziastlar jahonning mashhur brendlari modellarini modernizatsiya qilib, o‘zgacha ko‘rinishga keltiradilar. Bu fotolarda esa mashhur nemis modeli yuk mashinasiga aylanganini ko‘rish mumkin", deb yozadi nashr.

    Modernizatsiya uchun avtomobilning orqa tarafi kesilgan va zanglagan metal konstruksiya payvandlangan. Orqa tarafiga esa "Toyota" deb yozilgan.
    O‘zbekistonlik entuziastning ushbu kolleksiyasi rus avtoblogerlarining hazillariga sabab bo‘ldi.

    » » “Shafqatsiz” o‘zbekcha tyuning: BMW E28dan yuk mashinasi yasaldi (foto)