O‘zbekiston avtomobil raqamlarini olish tartibi yangilandi

1 daqiqa o'qish33.4K
O‘zbekiston avtomobil raqamlarini olish tartibi yangilandi

O‘zbekiston avtomobil raqamlarini berish tartibi yangilandi: endi raqam tanlash va xarid qilish jarayoni “AvtoRaqam” mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchilar ilovada raqam kombinatsiyalarini real vaqt rejimida kuzatib, o‘zlariga yoqqan variantni tanlashlari mumkin. Aynan chiroyli raqamlar ushbu ilovada taqdim etiladi.

Oddiy davlat raqamlari esa “Random” — tasodifiy tanlash tizimi orqali beriladi. Har ikki holatda ham inson omili minimalga tushirilgan, jarayonlar to‘liq elektron dasturlar orqali boshqariladi.

Yangi tizim jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun ham raqam xarid qilish imkonini yaratadi. Shu orqali raqam berish jarayoni shaffof va qulay bo‘lib, ilgari mavjud bo‘lgan auksion tizimi va oshirilgan stavkalar bekor qilingan. Ilovani App Store yoki Play Marketdan yuklab olish mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?