Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni (PF-5594, 12.12.18 y.) qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, farmon bilan Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi negizida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi.
Qo‘mita Hukumatning Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
Farmonga muvofiq:
radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, istirohat bog‘lari attraksionlarini ekspluatatsiya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
atom energiyasidan foydalanish sohasini litsenziyalash qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Qo‘mita Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi