Ilk bor o‘zbek qiz Britain's Got Talent tanlovida ishtirok etdi

1 daqiqa o'qish11K
Ilk bor o‘zbek qiz Britain's Got Talent tanlovida ishtirok etdi

Angliyaning Blekpul shahrida bo‘lib o‘tgan dunyoga mashhur “Britain's Got Talent” ko‘rsatuvining saralash bosqichida ilk marotaba O‘zbekiston nomidan 11 yoshli Yasmina Husniddinova ishtirok etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Yasmina Husniddinova Toshkent shahridagi 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining estrada vokali yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinf o‘quvchisi hisoblanadi. U hakamlar hay’atidan 4 ta “ha” javobini olib, muvaffaqiyatli tarzda keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Yosh xonanda o‘z chiqishida “The Greatest Showman” filmidagi mashhur “Never Enough” qo‘shig‘ini ijro etdi va tomoshabinlar hamda hakamlarda katta taassurot qoldirdi.

“Ovozingizning kuchi va uni boshqarishingiz shunchaki hayratlanarli darajada”, deya ta’kidladi hakamlardan biri Amanda.

Yana bir hakam Alesha esa Yasmina ijrosidagi past va baland ovozlar o‘rtasidagi farq juda yoqqanini, bu tanlov juda o‘rinli bo‘lganini, chunki ijro bir vaqtning o‘zida ham nafis, ham kuchli ta’sirga ega bo‘lganini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Yasmina Husniddinova avval ham bir qator nufuzli xalqaro tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan. Jumladan, u Belarusda bo‘lib o‘tgan “Slavyanskiy bazar – Vitebsk 2024” festivalida Gran-prini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Italiyada tashkil etilgan “San Junior” xalqaro tanlovida ishtirok etib, 25 ta davlat vakillari orasida ham Gran-pri sohibi bo‘lgan.

Bundan tashqari, u Prezident tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Yoshlar ovozi – Bo‘zatov FЕST” respublika tanlovining 2024 yilgi g‘olibi sifatida ham e’tirof etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?