Britaniyaning «Oksfam» xalqaro tashkiloti taqdim etgan hisobotga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri dunyodagi eng badavlat o‘n kishining boyligi ikki baravar ko‘paygan.
«Dunyodagi millionlab odam vaksina olganlarida hozir tirik bo‘lishar edi. Lekin ular vafot etdi, chunki ularda vaksina olish uchun moliyaviy jihatdan imkoniyat yo‘q edi. Yirik farmatsevtik korporatsiyalar esa vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha monopoliyaga egaligi sabab ham aholining quyi qatlami koronavirusga chalinish oqibatida halok bo‘lishga mahkum», – deyiladi Oksfam hisobotida.
Bundan tashqari, 252 nafar erkakning boyligi Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi bir milliard odamdan ko‘p ekanligi, dunyoning 10 nafar kishining boyligi esa 3,1 millard kishinikidan ko‘proqligi bildirilgan.
Qolaversa, pandemiya davrida badavalat kishilar boyligini orttirib olgan bo‘lsa-da, dunyoning 99 foiz aholisining daromadlari sezilarli darajada kamaygan.
Qayd etilishicha, 2020 yil COVID-19 avj olganidan so‘ng mamlakatlar hukumati iqtisodiy ahvolni yaxshilash maqsadida past foiz stavkalarini joriy qildi, hukumat tadbirkorlarni rag‘batlantirdi va natijada badavlat kishilarning daromadi yanada ortdi.
«Oksfam» tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda yashovchi kishilar boy mamlakatda yashovchi aholiga nisbatan COVID-19 dan ko‘proq vafot etmoqda. Ta’kidlanishicha, ba’zi mamlakatlarda ijtimoiy ahvoli o‘ta past darajada bo‘lgan aholining koviddan vafot etish ehtimoli to‘rt marta ko‘proq.
«Oksfam» vakillari bu kabi holatlarga barham berish uchun dunyoning eng boy kishilariga bir martalik koronavirus solig‘ini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu esa 812 milliard dollar demakdir.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tashkilot avvaldan «dunyo boyliklari adolatsiz taqsimlangani»ni ta’kidlab keladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi