date

Qirg‘izistonda 19 yoshli qiz sevgilisining tilini tishlab, uzib oldi

Qirg‘izistonda 19 yoshli qiz sevgilisining tilini tishlab, uzib oldi

Qirg‘izistonning Manas tumanida 8-noyabr kuni ko‘pchilikni hayratga solgan voqea sodir bo‘ldi. 19 yoshli qiz o‘pishish paytida o‘zidan yetti yosh katta sevgilisining tilini tishlab, uning bir qismini uzib oldi, deb yozadi “Kaktus.media”.

Jalolobod viloyati klinik shifoxonasi direktori Qumar Botokarayev ma’lumotiga ko‘ra, yigit og‘ir ahvolda shifoxonaga keltirilgan. “Bemorning til uchi va pastki lab qismi shikastlangan. Darhol jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi va hozir u davolanmoqda. Tilni tiklash imkoni bor. Bunday holat o‘pishish paytida ilk bor kuzatilmoqda”, — dedi shifokor.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli yigit va 19 yoshli qiz to‘yda birga bo‘lib, spirtli ichimlik iste’mol qilishgan. O‘pishish paytida qiz kutilmaganda uni tishlab olgan. Har ikkisida ham ruhiy kasallik yoki ong buzilishi belgilari aniqlanmagan.

Manas tuman Ichki ishlar bo‘limi holat yuzasidan jinoyat ishini ochdi. Sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Turkiyada ham jinoiy muhabbat asosida sodir etilgan qotillik jamiyatda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda 19 yoshli qiz sevgilisining tilini tishlab, uzib oldi