date

Doston Hamdamov: terma jamoa istasa har kimni yengadi

Doston Hamdamov: terma jamoa istasa har kimni yengadi

O‘zbekiston milliy jamoasi vingeri Doston Hamdamov Misrga qarshi o‘tgan o‘yin taassurotlari va oldinda turgan Eron bilan bellashuv oldidan jamoa kayfiyati haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, jamoa so‘nggi o‘yinda o‘z imkoniyatini to‘liq namoyon qildi va shu ruhda davom etsa, yanada kuchli raqiblarga qarshi ham qo‘rqmasdan maydonga tushishi mumkin.

Hamdamovning ta’kidlashicha, Misrga qarshi uchrashuv o‘zi uchun ham, jamoa uchun ham muhim sinov bo‘ldi. «Misr juda baquvvat, jismonan kuchli jamoa ekan. Biroq murabbiylar ko‘rsatgan taktik yo‘nalishlar aniq va to‘g‘ri bo‘lgani, biz ularni maydonda qat’iyat bilan bajarganimiz sabab g‘alaba keldi. Eronga qarshi bahs oldidan yigitlarda ishonch baland, ruhiyat yaxshi», — dedi u.

Uzoq tanaffusdan keyin milliy jamoaga chaqiruv olgani haqida ham sportchi batafsil to‘xtaldi. «“Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘yindan keyin chaqiruv haqida ma’lum qilishdi. Rostdan xursand bo‘ldim. Qachongacha imkoniyatim yetsa, milliy jamoaga foydam tegishi uchun qo‘limdan kelganini qilaman», — deydi Hamdamov.

Suhbat davomida Doston milliy jamoaning salohiyatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, barcha narsa tayyorgarlikka bog‘liq. «Misr o‘yini ko‘rsatdi: agar to‘g‘ri tayyorgarlik bo‘lsa, biz istagan raqib bilan o‘zimizni teng kurashchi qilib ko‘rsata olamiz. Hatto Braziliya bilan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz mumkin deb o‘ylayman», — dedi xavflanmasdan.

Hamdamov U17 jahon chempionatida o‘ynagan bolalik xotiralarini eslar ekan, bugungi yoshlar haqida ham ijobiy fikr bildirdi. Uning nazaricha, hozirgi tarkib haqiqatan ham kuchli. «Juda yaxshi jamoa yig‘ilgan. Xudo xohlasa, Italiyani ham mag‘lub etishga qodir. O‘ylaymanki, keyingi bosqichga yo‘l olishadi», — dedi u.

Futbolchi so‘zlaridan ko‘rinib turibdiki, milliy jamoa ichida ishonch, musobaqaga ishtiyoq va o‘z kuchiga bo‘lgan qat’iylik yanada oshgan. Misrga qarshi g‘alaba shuning yana bir isboti. Eronga qarshi o‘yin esa bu kayfiyatni sinash uchun yangi imkoniyat bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Doston Hamdamov: terma jamoa istasa har kimni yengadi