
Mashhur “Setora” guruhi muxlislarini yangi ijodi bilan xursand qildi. Guruhning “U biladi” nomli yangi qo‘shig‘i 11-noyabr kuni radio to‘lqinlarida va YouTube platformasida taqdim etildi.
Qo‘shiqni guruh a’zolari Feruza Latipova va Laylo Galiyeva ijro etgan, so‘z va musiqasi esa bastakor Shaxnoz tomonidan yozilgan. Yangi trek “Setora” uslubiga xos — lirika va zamonaviy ohang uyg‘unligi bilan tinglovchilarga iliq tuyg‘ularni beradi.
Avvalroq xabar berilishicha, guruhning 18–21 dekabr kunlari konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Biroq bu safar sahnada Komila Xo‘jayeva ishtirok etmaydi.
Yangi qo‘shiq muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi — ko‘pchilik “Setora”ning eski kayfiyatini his etganini, biroq yangi ovozlarda zamonaviy ohang sezilganini ta’kidlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.