
Yashil iqlim fondi Osiyo taraqqiyot bankining "Muzliklardan fermerlargacha" dasturi uchun $250 million miqdorida mablag' ajratilishini tasdiqladi. Ushbu dastur Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Pokistonni qamrab oladi.
Tashabbus barqaror suv ta'minoti va qishloq xo'jaligi tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan. Ajratilgan mablag' Yashil iqlim fondi tomonidan grantlar shaklida taqdim etiladi.
Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki o'z mablag'laridan $3,25 milliard yo'naltiradi. Mablag'lardan sug'orish tizimlarini modernizatsiya qilish, suv omborlari qurish va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash maqsadida foydalaniladi.
Moliyalashtirishning asosiy maqsadi – qishloq xo'jaligini muzliklarning tez erishi oqibatiga moslashishga yordam berishdir. Dastur O'zbekistonni ham o'z ichiga olgan mintaqaning to'qqiz davlatida amalga oshiriladi va Naryn, Pyandj, Kura hamda Svat daryolari havzalariga e'tibor qaratiladi.
Tashabbus 13 million odamning hayotini yaxshilashga xizmat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar